Asosiy mazmunga o‘tish
Do'konlar uchun kassa va ombor

Internet o'chsa ham,
savdo to'xtamaydi.

Savdodan omborgacha — do'koningiz bitta tizimda. Internet uzilganda ham soting, hisobni esa Axiph POS yuritsin.

O'rnatish bepul · Planshet, noutbuk va kompyuterda

Oflayn
uzilishda ham savdo
4
ta xodim roli
30
kun bepul sinov
0
so'm o'rnatish narxi
AXIPH POS / BOSHQARUVNamunaviy ma'lumotlar
Do'koningiz, bir qarashdaSinxronlangan
Tushum
4 850 000 so'm
127 ta chek · 3 kassir
09:00Bugungi savdo20:00
Ochiq smena
2
Qarzdorlar
1 240 000
Diqqat talab qiladi
  • Coca-Cola 1L4 dona
  • Non (bulochka)tugagan
  • Choy Ahmad 100g2 dona
Internet uzilsa ham, kassangiz ishlashda davom etadi.
Qanday ishlaydi

Bir necha bosish. Savdo tayyor.

Kundalik savdo qanchalik sodda bo'lishini jonli namunada ko'ring.

  1. 01

    Mahsulotni tanlang

    Nomi bilan toping yoki shtrix-kodni skanerlang.

  2. 02

    To'lov turini belgilang

    Naqd, karta yoki qarz — savdoga mos usulni tanlang.

  3. 03

    Soting. Qolgani avtomatik.

    Zaxira yangilanadi, savdo hisobotga tushadi.

Kassa — jonli namuna
Coca-Cola 1L
12 00014
Non
4 00022
Choy Ahmad 100g
18 5006
Suv 1.5L
6 00019
Chek

Mahsulot tanlanmagan

Jami0
NaqdKartaQarz
Sotish
Jonli namuna · Haqiqiy savdo emas
Imkoniyatlar

Bitta tizim. Butun do'kon.

Qo'shimcha dastur sotib olish shart emas — hammasi bitta tizim ichida, bitta hisobda ishlaydi.

Kassa — sotish ekrani

Mahsulotni bosib yoki skanerlab savatga qo'shasiz, naqd/karta/qarz tanlaysiz va sotasiz. Zaxira shu zahoti kamayadi, kassir hech qachon yo'q mahsulotni sotib yubormaydi.

Qaytarish

Har bir chekdan qisman yoki to'liq qaytarish. Asl savdo o'chirilmaydi — audit izi saqlanadi, ikki marta qaytarish bloklanadi.

Shtrix-kod va QR skaner

Telefon yoki noutbuk kamerasi bilan avtomatik skanerlash va oddiy USB/Bluetooth skaner. Topilganda va topilmaganda har xil beep tovushi.

Smena va kassa hisobi

Kassir smenani boshlang'ich naqd bilan ochadi, oxirida sanab yopadi. Tizim kutilgan naqdni o'zi hisoblab farqni ko'rsatadi — kassadagi kamomad birinchi kunidanoq ko'rinadi, oy oxirida emas.

Ombor — har bir dona hisobda

Filiallar orasida ko'chirish, buzilgan tovarni sababi bilan spisaniya, jismoniy sanoq natijasini bir bosishda tenglashtirish. Har bir harakat tarixda: sana, kim, qancha, nima uchun.

Kirim va ta'minotchilar

Kirim hujjati: ta'minotchi, mahsulot, miqdor, tannarx. Qabul qilinganda zaxira avtomatik oshadi.

Qarz daftari

Kimga qarzga berilgani yoziladi. Qoldiq har doim qayta hisoblanadi — eskirmaydi. To'lov kassa orqali qabul qilinadi.

Hisobotlar

Davr bo'yicha sof savdo, o'rtacha chek, to'lov turlari, eng ko'p sotilganlar, kassir va filial kesimi, taxminiy foyda va jami qoplanmagan qarz.

Rollar

Har kimga o'z ish joyi. Sizga to'liq nazorat.

Egasi, menejer, kassir va omborchi — har bir xodim faqat o'ziga kerakli ma'lumotni ko'radi.

01

Do'kon egasi

Hamma narsa: filiallar, xodimlar, narxlar, hisobotlar va sozlamalar. Uydan turib bugungi tushumni ko'radi.

02

Menejer

Kunlik operatsiyalar va hisobotlar. Sotadi, kirim qiladi, smenalarni tekshiradi — lekin tizim sozlamalariga tegmaydi.

03

Kassir

Faqat kassa ekrani: sotish, qaytarish, smena, qarz to'lovi. Boshqa filialning savdosi uning qurilmasiga umuman yuklanmaydi.

04

Ombor xodimi

Kirim qabul qilish, filiallar orasida ko'chirish va inventarizatsiya. Pul hisobotlariga kirmaydi.

Internetga bog'lanib qolmang

Internet kutadi.
Mijozingiz kutmaydi.

Ulanish uzildimi? Savdoni davom ettiring. Amallar qurilmada saqlanadi, internet qaytganda esa tizim ularni avtomatik sinxronlaydi.

Tariflarni ko'rish

Avval qurilmaga yoziladi

Har bir savdo va qaytarish birinchi navbatda planshetning o'z bazasiga tushadi. Internet — keyingi qadam, shart emas.

Yo'qolgan savdo bo'lmaydi

Ulanish qaytganda hamma narsa serverga o'zi ko'chadi. Server rad etsa (masalan oxirgi dona ikki kassirga sotilgan bo'lsa) — bu "Yuborilmadi" ro'yxatida ko'rinadi, jimgina yo'qolmaydi.

Ulanish qaytdi — hisob yangilandi

Saqlangan savdo va qaytarishlar sinxronlanadi. Yuborish holatini ko'rib, e'tibor talab qiladigan amallarni tekshirasiz.

Tariflar

Do'koningizga mos tarifni tanlang.

Barcha tariflarda o'rnatish, yangilanish va texnik yordam bepul. Istalgan oyda tarifni almashtirasiz.

BOSHLANG'ICH

290 000so'm / oy

1 filial · 3 tagacha xodim

Bitta do'kon uchun. Excel va daftarni almashtirishga yetarli to'liq tizim.

  • Kassa: sotish, qaytarish, naqd/karta/qarz
  • Shtrix-kod va QR skaner
  • Ombor, kirim va ta'minotchilar
  • Smena va kassa hisobi
  • Oflayn ishlash
30 kun bepul boshlash
Ko'p tanlanadi

DO'KON

590 000so'm / oy

3 tagacha filial · 10 tagacha xodim

O'sayotgan do'konlar uchun. Bir nechta nuqta, bir nechta kassir — bitta hisobot.

  • BOSHLANG'ICH tarifidagi hamma narsa
  • Filiallar orasida ko'chirish va spisaniya
  • Inventarizatsiya va harakatlar tarixi
  • Qarz daftari va qarz to'lovlari
  • Hisobotlar: foyda, kassir va filial kesimi
30 kun bepul boshlash

TARMOQ

1 190 000so'm / oy

Limitsiz filial va xodim

Do'konlar tarmog'i uchun. Har bir nuqta alohida, hisobot bitta joyda.

  • DO'KON tarifidagi hamma narsa
  • Limitsiz filial va xodim
  • Rol bo'yicha ma'lumot izolyatsiyasi
  • Ustuvor texnik yordam
  • Ma'lumotlarni ko'chirishda yordam
30 kun bepul boshlash
Birinchi mijozlar uchun

30 kun bepul sinov va ma'lumot ko'chirish bizdan

Taklif birinchi 10 ta do'kon uchun amal qiladi. Riskingiz nol: yoqmasa to'lov yo'q, ma'lumotlaringiz sizniki.

Joyni band qilish
01

Birinchi 30 kun — to'lovsiz

To'liq funksiya bilan sinaysiz. Yoqmasa — to'lov yo'q.

02

Ma'lumot ko'chirish bizdan

Excel yoki eski tizimdagi mahsulot va qoldiqlarni o'zimiz ko'chiramiz.

03

Xodimlarni o'qitish

Kassirlaringizga tizimda ishlashni o'zimiz o'rgatamiz.

04

O'rnatish narxi yo'q

Qurilmaga hech narsa o'rnatilmaydi — brauzer ochiladi, tizim ishlaydi.

Savollar

Savolingiz bormi?

Boshlashdan oldin bilishingiz kerak bo'lgan javoblar. Boshqa savol bo'lsa, biz bilan bog'laning.

Bizga yozing

Yo'q. Tizim aynan shu holat uchun qurilgan: savdo, qaytarish, smena ochish/yopish va zaxira hisobi internetsiz ham to'liq ishlaydi. Ulanish qaytganda hammasi o'zi serverga ko'chadi. Bu haqiqiy tarmoq uzilishi bilan sinalgan — qoldiqda farq chiqmadi.

20 daqiqalik demo qilib beramiz

Do'koningizni ko'rsatib bering — tizim sizga mosmi yoki yo'qmi, ochiq aytamiz. Mos bo'lsa ma'lumotlaringizni ko'chirib, 30 kunlik bepul sinovni yoqamiz.